30 DAQIQA KIFOYA, XOLOS!

boletos-300x194

     Bugun yurtimizda tadbirkor bo‘laman, degan har bir fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi lang ochiq. Ulardan faqatgina sabr-toqat, g‘ayrat-shijoat va ishbilarmonlik talab etiladi, xolos.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016 yil 28 oktabrdagi PQ-2646-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra tasdiqlangan “Talbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to’g’risidagi”gi Nizomga asosan endilikda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.

     Nizom yuridik va jismoniy shaxslarni-tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi, tadbirkorlarning qimmatli vaqtlarini tejaydi. Ortiqcha harajatlar oldi olinadi, qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarga hojat qolmaydi.

     Tadbirkor ro‘yxatdan o‘tishi uchun undan fuqarolik pasporti va eng kam oylik ish haqqining bir baravari miqdoridagi davlat boji to‘lash talab etiladi, xolos. Qolgan barcha ishlar “Yagona darcha” markazi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun markazga kelmay turib, davlat soliq inspeksiyasidan elektron kalit olib, elektron tarzda ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu holatda u eng kam oylik ish haqqining bir baravari emas, balki 0,5 baravari miqdorida davlat boji to‘laydi va 30 daqiqa mobaynida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

     Jumladan bizning “Yagona darcha” markazimizga ham joriy yilning 1 aprelidan hozirgi kunga qadar 38 nafar yakka tartibdagi tadbirkor, 28 nafar yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tishdi. Ilgarilari 2-3 kunlab ro‘yxatdan o‘tishni kutishgan tadbirkorlar hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bunday qulay shart-sharoitlardan g‘oyat minnatdor bo‘lmoqdalar.

    Qolaversa, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga oid har qanday savollarga markaz xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bepul tarzda tushuntirish hamda maslahatlar berilmoqda. Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, kelgusida tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan har bir fuqaro “fo.birdarcha.uz” sayti orqali juda qisqa fursatda ko‘zlangan maqsadiga yetishi mumkin. Maqsad sari esa faqat intilish va ishtiyoq bo‘lsa bas.

Kogon  shahar “Yagona darcha” markazi
bosh mutaxassisi: Mirshodjon Erkinovich

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

Powered